Rotatsion bosma texnologiyasi
Fabrikamizda rotatsion bosma texnologiyasidan foydalanamiz. Uning tamoyili — bo‘yoqni aylanuvchi val orqali tushirish; val vazifasini teshikli silindr bajaradi. Bo‘yoq esa maxsus nasoslar bosimi ostida uzatiladi.
Bunday bo‘yash turi bir qator afzalliklarga ega:
– materialda istalgan murakkablik va qalinlikdagi naqshlarni aks ettiradi;
– turli materiallarga bosadi;
– naqsh tushirish tezligi yuqori;
– matoga bosish ortiqcha bo‘yoq sarfini talab qilmaydi;
– jarayon natijasi — barqaror, yorqin, aniq va to‘yingan ranglar.
Ishlab chiqarishimizning texnologik parki bosmaning ikki asosiy turini qo‘llab-quvvatlaydi: pigmentli bosma va reaktiv bosma.
Pigmentli bosmada bo‘yoq tola ichiga chuqur kirmay, yuzada qoladi. Bu variant zich mat ranglarni tushirish uchun juda mos keladi.
Reaktiv usulda bo‘yoq ip tolalari ichiga kirib boradi va materialga qarab o‘z tarkibini o‘zgartiradi. Ranglar yorqin va to‘yingan, mato fakturasi esa yumshoq va mustahkam bo‘ladi.
Ikkita asosiy bosma turidan tashqari biz o‘yib tushirish (vytravka), gliter va bo‘rtiq effektli puf bosmadan ham foydalanamiz.
