Laboratoriya
Mahsulotlarning yuqori sifatini, shuningdek mijoz talablariga javob beradigan sog‘lom mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash uchun Asaka Textile ishlab chiqarishning har bir bosqichida o‘z laboratoriyasida umumqabul qilingan va xalqaro darajada tan olingan sinov usullarini qo‘llaydi.
Laboratoriya-sinov uskunalarimiz quyidagilarni o‘tkazish imkonini beradi:
Fizik sinovlar — uzilishga mustahkamlik, qaytuvchan elastiklik, zamok sinovi, mato qattiqligini aniqlash, tugmalar mustahkamligi va boshqalar.
Chidamlilik sinovlari — yuvish, oqartirgich bilan yuvish, kimyoviy tozalash, erituvchilarga chidamlilik va boshqalar.
Yonuvchanlik sinovlari — matolarning yonish xususiyatlarini tekshirish, mahsulotlarning issiqdan himoyalash va olovbardoshlik sinovlari va boshqalar.
Eng asosiysi esa — kimyoviy va ekologik sinovlar. Ular tufayli mahsulotni taqiqlangan azobo‘yoqlar, saratonga sabab bo‘luvchi bo‘yoqlar, pestitsidlar mavjudligi, poliester miqdori va shu kabilar bo‘yicha bemalol sinovdan o‘tkaza olamiz.
Ta’kidlash joizki, biz o‘tkazadigan barcha sinovlar ishonchli va yuqori sifatli. Ushbu laboratoriya ishlari faqat ishlab chiqilgan xalqaro standartlarga muvofiq amalga oshiriladi.
