Vakansiyalar

Vakansiyalar

ASAKA TEXTILE kadrlar siyosati kompaniya va xodimlarning ustuvor maqsadlarini uyg‘unlashtirishga qaratilgan. Mehnat jamoasini shakllantirishda kadrlar ishlab chiqarishning asosiy va hal qiluvchi omili ekani inobatga olinadi. Shu bois kompaniya jipslik, mas’uliyat, yuqori kasbiy rivojlanish va samaradorlik xos bo‘lgan jamoa yaratishdan manfaatdor.

Kompaniya o‘z navbatida nafaqat qulay mehnat sharoitlarini yaratadi, balki lavozimda o‘sish imkoniyatini va ertangi kunga ishonchni ham ta’minlaydi.

ASAKA TEXTILE mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyor bo‘lgan shijoatli, g‘ayratli kadrlarni jalb qilishdan manfaatdor.

Bizning buyurtmachilarimiz — mashhur kiyim brendlarining egalari bo‘lib, biz ular uchun shunchaki tovar emas, balki muammoning tayyor yechimini ishlab chiqaramiz. ASAKA TEXTILE avvalo mijozning biznesiga, uning istaklariga va faoliyatimiz qanday yordam bera olishini tushunishga yo‘naltirilgan. Yangi g‘oyalar va qarashlarga ega insonni safimizda ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz.