Paxta

Paxta

Kompaniyamiz faoliyati to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha to‘liq klasterni qamrab oladi. Biz uchun paxta urug‘ini ekishdan tortib tayyor mahsulotni tekshirishgacha bo‘lgan butun ishlab chiqarish yo‘lini nazorat qilish juda muhim.

Asaka Textile sifatli paxta tolasini yetishtirish uchun keng ekin maydonlariga ega. Keyingi bosqichda hosil maxsus terim texnikasi yordamida yig‘ib olinadi. So‘ngra paxta chanog‘i urug‘, chang va boshqa begona aralashmalardan tozalanadi. Tayyor xom ashyodan eng uzun tolalar ajratib olinadi va ular kalava ip olish uchun ishlatiladi. Yigirish jarayonida tola maxsus ishlovdan — yelimlash, oqartirish, tozalash va bo‘yashdan o‘tadi.

Kompaniyamiz eng yangi uskunalar bilan jihozlangan ishlab chiqarish quvvatlariga ega: ularda har kuni kamida to‘rt tonna kardli va taroqli kalava ip tayyorlanadi, undan esa paxta trikotaj matolarining keng assortimenti ishlab chiqariladi.