Kalava ip
Bugungi kunda Asaka Textile turli xil kalava ip ishlab chiqarish bo‘yicha O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatining yetakchilaridan biri hisoblanadi. Zarur hajmdagi mahsulotni chiqarish uchun korxonamiz yetakchi G‘arb ishlab chiqaruvchilarining zamonaviy, yuqori unumli uskunalari bilan jihozlangan:
– yigirish uchun Rieter (Shveytsariya) dastgohlari;
– bo‘yash uchun Dilmenler (Turkiya) uskunalari.
Korxonamiz mahsuloti uchun asosiy xom ashyo — paxta, viskoza, akril, lavsan, kapron va moxer. Bo‘yoqlarning kimyoviy tarkibi ham kalava ipning a’lo sifatidan qolishmaydi: bo‘yashda an’anaviy ravishda yuqori sifatli bo‘yoq va kimyoviy materiallardan foydalaniladi, bu esa rang jilosi boy kalava ip ishlab chiqarish imkonini beradi.
Qulay narxlar, a’lo sifat, assortimentning doimiy yangilanib va kengayib borishi hamda mijozlar so‘roviga tezkor javob berish korxonamizni to‘qimachilik bozorining birinchi o‘rinlarida ishonchli ushlab turadi.
