Kalava ipni bo‘yash texnologiyasi
Bo‘yash texnologiyamiz kalava ipning eng yuqori sifatini va buyurtmachi rangiga aniq mos tushishini ta’minlaydi; rang retseptining saqlanishi esa buyurtmadan buyurtmaga ranglar bir xil bo‘lishini kafolatlaydi.
Matoni bo‘yash texnologiyasi
Asaka Textile ishlab chiqarishi rang palitrasiga boy. Bu esa buyurtmachilarga matoni bo‘yash uchun istalgan tusni taklif qilish imkonini beradi.
Rotatsion bosma texnologiyasi
Fabrikamizda rotatsion bosma texnologiyasidan foydalanamiz. Uning tamoyili — bo‘yoqni aylanuvchi val orqali tushirish; val vazifasini teshikli silindr bajaradi.
Tayyor mahsulotlarni tikish
Asosiy vazifamiz — sifati va o‘ziga xosligi bilan iste’molchini o‘ziga jalb eta oladigan mahsulot yaratish
Ekologiyani muhofaza qilish
Barcha mahsulotlarimiz ekologik talablarga javob beradi va 100% organik paxtadan iborat, chunki aynan shu turdagi paxta atrof-muhitga zararli zaharli kimyoviy moddalarsiz yetishtiriladi.
