Kalava ipni bo‘yash texnologiyasi
Korxonamizda kalava ipni bo‘yash Dilmenler (Turkiya) uskunalarida amalga oshiriladi va quyidagi bosqichlardan iborat:
– kalava ip bo‘yashga tayyorlanadi: avvalo maxsus to‘r bilan qoplangan ichi bo‘sh g‘altakka o‘raladi;
– shu kalava ip uchun zarur retsept o‘rnatiladi. So‘ngra ip bo‘yoq o‘ramning butun yuzasiga to‘liq yetib borishini ta’minlaydigan tarzda o‘raladi;
– g‘altakka o‘ralgan ip teshikli o‘zaklardan iborat maxsus moslamaga joylanadi va maxsus bo‘yoq qozonlariga tushiriladi.
To‘liq avtomatlashtirilgan jarayon bo‘yoqlarni tayyorlash va qozonlarga uzatishni, shuningdek harorat va vaqt rejimini boshqaradi. Bo‘yash texnologiyamiz kalava ipning eng yuqori sifatini va buyurtmachi rangiga aniq mos tushishini ta’minlaydi; rang retseptining saqlanishi esa buyurtmadan buyurtmaga ranglar bir xil bo‘lishini kafolatlaydi.
