Mato

Asaka Textile fabrikasida o‘zimiz ishlab chiqargan yuqori sifatli kalava ipdan trikotaj mato to‘qish yo‘lga qo‘yilgan. Matolarimizdan ichki kiyimdan tortib sport kiyimigacha turli maqsaddagi kiyimlar tikiladi.

Bugungi kunda biz tabiiy va sintetik kalava ipdan, shuningdek aralash turlaridan to‘qilgan trikotaj matolarni ulgurji va chakana taklif etamiz. Asaka Textile matolarining umumiy assortimenti 10 dan ortiq nomni tashkil etadi.

Fabrikamizda trikotaj mato ishlab chiqarish barcha sifat standartlariga rioya qilgan holda aniq yo‘lga qo‘yilgan. Aynan shuning uchun tabiiy xom ashyodan tayyorlangan, ekologik tozaligi tufayli mijozlar salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan tayyor trikotaj mahsulotlarimiz katta talabga ega.

Previous slide
Next slide