Ekologiyani muhofaza qilish
Korxonamiz ekologiyani asrash tarafdori bo‘lib, mahsulot ishlab chiqarishda atrof-muhit uchun qaytarib bo‘lmas oqibatlarga olib keladigan har qanday zararni istisno qilishga harakat qiladi. Aynan shuning uchun fabrikalarimizda membranali bioreaktorlardan foydalangan holda oqova suvlarni tozalash texnologiyasi qo‘llaniladi. Uning asosiy vazifasi — bo‘yoq ishlab chiqarishining oqova suvlarini chuqur tozalash va tozalangan suvni Asaka Textile hududidagi ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun qayta ishlatishdir.
Barcha mahsulotlarimiz ekologik talablarga javob beradi va 100% organik paxtadan iborat, chunki aynan shu turdagi paxta atrof-muhitga zararli zaharli kimyoviy moddalarsiz yetishtiriladi.
Asaka Textile o‘z ishlab chiqarishida energiya resurslari sarfini hamda mahsulotlarda kimyoviy komponentlar yo‘qligini nazorat qiladi va atrof-muhitga salbiy ta’sirni eng kam darajaga tushirishga intiladi.
