Tayyor mahsulotlarni tikish

Tayyor mahsulotlarni tikish

Asosiy vazifamiz — sifati va o‘ziga xosligi bilan iste’molchini o‘ziga jalb eta oladigan mahsulot yaratish. Fabrikamizning innovatsion imkoniyatlari tayyor mahsulotni boshidan oxirigacha, kichik partiyalardan yirik ulgurji hajmgacha ishlab chiqarish imkonini beradi.

Texnologik park zamonaviy uskunalardan iborat:

– yigirish uchun Rieter (Shveytsariya) uskunalari;

– bo‘yash uchun Dilmenler (Turkiya);

– to‘quv dastgohlari Mayer&Cie (Germaniya);

– tikuv mashinalari Juki (Yaponiya) va boshqalar.

Natijada iste’molchi eng yuqori sifatli, ajoyib estetik ko‘rinishga ega hamda havo o‘tkazuvchanlik, namlikni shimish va issiqlikni saqlash kabi a’lo ishlatish ko‘rsatkichlariga ega tayyor mahsulotni qo‘lga kiritadi.

Previous slide
Next slide